Sardor Rashidov "Quvayt SK"dagi dastlabki golini urdi

  • 10 avgust, 2021, 23:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Quvayt SK” klubiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Sardor Rashidov ayni paytda yangi jamoasi bilan Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. U erda legionerimiz klubi bilan kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarda qatnashyapti.

Tecno

Bugun “Quvayt SK” Turkiya yig‘inidagi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Qatarning “Al-Ahli” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi. Yakunda qatarliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

rashidov_1

Rashidov jamoasining asosiy tarkibidan joy oldi va “Quvayt SK” safidagi birinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga quvaytliklar 1:2 hisobida oldinda edi, o‘yin yakunigacha Qatar klubi hisobni 3:2 ga o‘zgartirdi. Darvoqe, Jon Obi Mikel “Quvayt SK”ning yangi sardoriga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
15/08/2021 04:14
Маладецт. Омад сенга...