Sanchesning agenti "Inter" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 8 may, 2019, 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra chililik futbolchining agenti Fernando Felichevich ayni kunlarda Milan shahrida bo‘lib turibdi. Aniqrog‘i, u bu erda “Inter” rahbariyati bilan mijozining transferi masalasini muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qizil iblislar” Sanchesni oladigan jamoaga uning yarim maoshini ham to‘lab berishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Aleksis Sanches "Manchester Yunayted" safiga 2018 yilning yanvarida kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan davr mobaynida u asosan zaxira futbolchisiga aylanib qoldi va rahbariyat hamda murabbiylarning ishonchini oqlay olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!