
Sanches MYudan 7,5 million funt tovon puli oldi
Chililik hujumchi Aleksis Sanchesning “Inter”ga o‘tish tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” bilan tuzilgan shartnomasi klub tomonidan bekor qilingani tufayli mankunianliklardan 7,5 mln funt tovon puli undirgan. Ammo, MYu shu bilan 40 mln funtni tejab qoldi. Boisi, Sanchesning shartnomasi tugashiga yana 2 yil bor edi va bu muddat ichida u juda ko‘p maosh olishi mumkin edi. Aleksisning “qizil iblislar” safidagi haftalik maoshi 390 ming funtni tashkil etardi va u APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanardi.
Eslatib o‘tamiz, Sanches so‘nggi mavsumni “Inter” safida ijarada o‘tkazdi va kecha aynan “neradzurrilar” bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
Fikrlar