
Saloh mashg‘ulotlarga kirishdi
“Liverpul” klubi Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan “Genk”ga qarshi tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Liverpool Echo nashrining ma’lum qilishicha misrlik hujumchi Muhammad Saloh jarohatidan sog‘ayib mashg‘ulotlarga qo‘shilgan. Ammo, himoyachilar Joel Matip va Trent Aleksander-Arnold mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishgan. Hozircha bunga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Genk” bahsi 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar