Saloh "Liverpul" tarixiga kirdi
Misrlik hujumchi "Liverpul" Muhammad Saloh klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirgan Saloh yangi kelishuvga ko‘ra yiliga 21 million evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Saloh 2017 yildan buyon “Liverpul” safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 254 ta o‘yin o‘tkazib, 156 ta gol urgan va 63 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar