
Sadio Mane: "Biz APL chempionligi uchun oxirigacha kurashamiz"
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane "Fulxem" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. "Fulxem" o‘z maydonida ajoyib o‘yin namoyish etdi. Biroq chempionlik uchun kurashayotgan jamoamiz va biz oxiriga qadar sabr qildik va yakunda maqsadimizga erishdik.
Bu g‘alabadan keyin birinchi o‘ringa chiqib oldik. Mavsum poyoniga qadar APL chempionligi uchun oxirigacha kurashamiz. Ishonamanki, yakunda "Liverpul" chempionlikni tantana qiladi", - deydi Mane Sun Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar