
Rustam Ashurmatov "Rubin" ixtiyoriga jo‘nab ketmoqda
Terma jamoamiz hamda “Rubin” klubi himoyachisi Rustamjon Ashurmatov ikkita o‘yinda sariq kartochka olishi natijasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi uchrashuvida ishtirok eta olmasligidan xabaringiz bor.
Legionerimiz bugun klubi ixtiyoriga jo‘nab ketmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - BAA uchrashuv 15 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar