Ro‘ziqul Berdiev: "Terma jamoamizga ishonaman"

  • 23 noyabr, 2024, 09:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Birinchi bo‘limning 15-daqiqasida Murodbek Raxmatov qizil kartochka bilan jazolandi va "ajdarlar" bir kishi kam bo‘lib qoldi. Bellashuvdagi gollar 58-daqiqada Bilolxon Toshmirzaev va 90+6-daqiqada Husain Norchaev tomonidan kiritildi. O‘yindan so‘ng Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Assalomu alaykum barchaga! Qizil kartochkaga qadar barchasi rejamiz bo‘yicha ketayotgandi. Lekin qizildan keyin hamma narsa o‘zgarib ketdi. O‘yindagi tashabbus maydon egalari tomonga o‘tib ketdi. Bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan ular foydalandi. Ikkinchi bo‘limdagi birinchi xatomizdan keyin "Neftchi" jamoasi o‘yindagi maqsadiga erishdi deb o‘ylayman. Chunki bir kishi kam bo‘lib 80 daqiqa o‘ynash har bir jamoa uchun og‘ir. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. 

Samvel Babayan o‘z intervyusida men "Navbahor"dan ketmaganimda, "Nasaf"ga chempionlik poygasida bu qadar erkin bo‘lishga yo‘l qo‘ymagan bo‘lar edim, dedi. Bu borada fikringiz qanday? 

To‘g‘risi, bu intervyuni ko‘rganim yo‘q. O‘ylashimcha, Namangan klubi hozirgi murabbiy bilan avvalgisiga qaraganda, yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Fikrim shu. Kubok finaliga chiqa oldi. Ichki birinchilikda ham medallar uchun kurashga qaytdi. U jamoa postidan ketgan paytda, klub ancha orqaroqda edi. Fikrim shu. 

Milliy terma jamoaga murabbiy bo‘lsangiz, qanday jamoa qurgan bo‘lar edingiz?!

Men avval ham aytdim. Murabbiy yaxshi natija ko‘rsatmoqda. Bu tarkib bilan jamoa bemalol Jahon chempionatiga chiqadi. Menga, klub bilan ishlash oson. Uni doim boshqarish imkoni bor. Hozir, terma jamoaga borib, qisqa vaqt ichida jamoa tuzishga qurbim etmaydi. Terma jamoamizga ishonaman. Ularni har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlaymiz. Hammasi o‘z qo‘limizda. Buni yigitlarimiz va murabbiylarimiz echa oladi. 

"Nasaf"ga kelgan legionerlar qanchalar o‘zini oqladi? Keyingi yilga "Nasaf" yanada “qo‘sha oladimi”?

Legionerlarni chaqirish orqali ichki raqobatni kuchaytirishni maqsad qilgan edik. Ular bir-birini o‘stiradi. Alohida, kimnidir mehnatini ta’riflamoqchi emasman. Hammasi jamoaga yordam berdi. Biz, kelasi mavsumda ham yaxshi jamoa shakllantirish uchun reja tuzganmiz. O‘zgarishlar bo‘ladi. 

Bu yilgi chempionat qanday darajada o‘tdi?

Agar e’tibor qaratsangiz, yaxshi jamoalar ko‘paydi. O‘rtadagi "Dinamo" yoki "Surxon" istalgan etakchi jamoalarga qarshilik ko‘rsatmoqda. Pastroqdagi klublar bilan ham bu mavsum ochko yo‘qotgan paytimiz bo‘ldi. Avvalari, daraja sezilib qolar edi. Menimcha, hozir 2-o‘rin uchun ham bir nechta jamoa da’vogar. Pastga tushib ketish uchun esa, 4 ta da’vogar. Bu chempionat o‘sganidan dalolat bersa kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!