Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida "yorildi"!

  • 4 may, 2021, 22:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” – “Nasaf” (2:0) o‘rtasidagi o‘yin yakunlanganidan so‘ng, qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida mag‘lubiyatning sabablarini izohladi.

Tecno

- O‘yinni xato bilan boshladik. Kutilmaganda gol o‘tkazib yubordik va bu vazifamizni biroz og‘irlashtirdi. Goldan keyin ham bir nechta vaziyatlarni yarata oldik. Juda ham qulay imkoniyatlarga ega chiqdik. Qaerdadir omad yoki tajriba etishmadi. Albatta, birinchi o‘rinda natija turadi. “Bunyodkor” bugun g‘alaba qozondi. Balki biz ulardan yaxshiroq ko‘ringandirmizu, ammo g‘alaba va omad “Bunyodkor” tomonida bo‘libdi. Hayot davom etadi, keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Futbolda vaziyatlardan foydalanmaslik qiyin oqibatlarga olib keladi. Biz bor imkoniyatdan foydalanyapmiz. Yosh futbolchilarimizda qaerdadir sovuqqonlik va tajriba etishmayotgani o‘yinlarda pand beryapti. Bu bahona emas, lekin vaziyatni to‘g‘rilashimiz kerak.

- Jamoangiz endi OFK Kubogida ishtirok etadi. Bugun esa futbolchlaringiz ilk daqiqalardan o‘sha musobaqani o‘ylagandek tuyulishdi. Bu haraktlarida ham sezildi.

- Yo‘q, bunga hali ancha vaqt bor. Ha, biz tushunib turibmiz, oldimizda ma’suliyatli uchrashuvlar turibdi. Bugungi o‘yinga ham jiddiy yondashgandik. “Bunyodkor” ham yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Qaysidir ma’noda bir-birimizga raqobatchi edik. Shuning uchun bugun ochko olishimiz juda muhim edi. Afsuski, biz kutgandek bo‘lmadi.

- O‘yin davomida hakamlarga ko‘p e’tiroz bildirdingiz. Ularga aynan qanday e’tirozlaringiz bor? Shuningdek, VAR haqida nima deya olasiz?

- Bilasizlarmi, o‘yinni bir maromda olib borish hakamlarga juda ham bog‘liq. Chunki xushtak uning qo‘lida. Qarorlarni u chiqaradi. VARda ham kim o‘tiribdi, bizga qorong‘u. Albatta, qaysidir vaziyatlarga norozichiligimiz bo‘ldi. Ammo o‘yinni qanchalik to‘g‘ri olib borish ularning qo‘lida. Qaysidir vaziyatlarda biz ham, xalq ham ko‘rib turibdi. Bilmadim, ataylabmi yoki bilmasdanmi xatolar qilyapti. Bu xatolar esa bizning foydamizga emas. Shuning uchun o‘z e’tirozimni bildirdim. Hakamlarni muhokama qilmaymizku, ammo xushtak ularning qo‘lida. Agar kimgadir yomon niyati bo‘lsa, kichkina follar bilan ham qaysidir jamoaga yordam berishi mumkin. Ba’zida hakamlarning qarorlarini tushunmaymiz. O‘zinglar ham ko‘rdinglar, bir nechta bahsli vaziyatlar bo‘ldi. Biz penalti tepishimiz kerak edi. Bir marta ham VARga kelib vaziyatni ko‘rmadi. Biz qanday norozi bo‘lmaymiz?! Aytyapman-ku, ichkarida kim o‘tiribdi bilmaymiz, qarorlarni o‘zi bilgancha chiqarishyapti. Atay qilishyaptimi yoki mahoratsizlikdanmi, bilmadim. Futboldagi ko‘p narsa hakamning xushtagiga yoki VARga bog‘liq. Aytyapman-ku, 3-4 ta bahsli vaziyat bo‘ldi. Hakam to‘xtatib VARni ko‘rmadi. Ichkaridagilar ham o‘ynayver degan bo‘lsa, hech nima bo‘lmagandek ketyapti. Ikkalasi nimani gaplashishganini biz bilmaymiz. Xalqning norozichiligi bekorga emas. Sizlar ham, biz ham ko‘rib turibmiz. VAR ko‘p narsaga oydinlik kiritishi kerak. Ikkilanadigan paytlarda VARdagilar hakamni chaqirib, o‘zing ko‘r deyishi kerak, menimcha. Chunki asosiy qarorni bosh hakam chiqarishi kerak, VAR emas. Axir hakam bir marta ham VARga borib ko‘rmadi-ku!

- “Bunyodkor” bilan ketma-ket ikkita o‘yin va ikkalasi ham turlicha kechdi. Birinchi uchrashuvga nisbatan biroz engilroq qaralmadimikin...

- Yo‘q, har doim “Bunyodkor”ni hurmat qilganmiz. Bu klub o‘tgan davrlarga nisbatan hozir boshqacharoq, oddiyroq o‘ynayapti. Balki bu bugungi o‘yinda natija bergandir. Oldin ko‘proq pozitsion harakatlar bilan o‘ynashgan bo‘lsa, hozir faqat oldinga tepish bilan ovora. Lekin bu ularning qarashi va natija beryapti. Buni muhokama qilmoqchi emasman. Balki kubokdagi uchrashuvga biroz pastroq yondashgandirmiz. Chunki biz ham, “Bunyodkor” ham guruhdan chiqib bo‘lgandik. Bugungi uchrashuv muhim edi va jiddiyroq qaragandik. Albatta, g‘alaba bilan “Bunyodkor”ni tabriklash kerak, lekin qanchalik yaxshi o‘ynamasang ham natija muhim, deyishadi.  

- Hujumda muammolar bor. Yozda Ukrainada ishlari yurishmayotgan Bobur Abduholiqovni ijaraga bo‘lsa ham olib kelish rejasi bormi?

- Bizda muammolar ko‘rinib qolyapti. Shuni bila turib, boshida jamoa o‘zagini saqlab qolishni talab qilgandim. Yaxshi hujumchini yo‘qotdik, o‘rniga hech kimni ololmadik. Bunga imkoniyatimiz ham bo‘lmadi. Hozir ham imkoniyatimiz yo‘q. Agar shu darajada ketadigan bo‘lsa, bizda tajribali o‘yinchini taklif qilishimiz uchun ertaga ham imkoniyat bo‘lmaydi. Agarda OFK Kubogida yaxshiroq qatnashsak, qandaydir mablag‘ ishlab olishimiz mumkin. Shuning evaziga nimadir qilsa bo‘lar, yana bilmadim. Bu haqida rahbariyatga savol bersa bo‘ladi. Ko‘ryapmiz, oldingi chiziqda katta muammoimiz bor. Norchaev yomon emas, tajribasi hali kamroq. Ikkita qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Hujumda raqobat kamligi uchun 16 yoshli bola ham o‘ynayapti, shunga majbur bo‘lyapmiz. Shu bois hozirgi holatimizni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Bizda yuqori o‘rinlar uchun kurashishga o‘rganib qolganmiz, yaxshi futbolchilarimiz ko‘p bo‘lgan. Lekin shunga qaramasdan yigitlarni imkon qadar yaxshi natijalar uchun tayyorlaymiz.

- Tojikistondagi o‘yinlar sun’iy maydonda o‘tkaziladi. Bu jamoaga qanchalik qiyinchilik tug‘diradi?

- Kechagi kundan rejamiz ancha o‘zgardi. Futbolchilarga bir kun dam beramiz. 7 maydan Toshkentda yig‘ilib, Chig‘atoydagi sun’iy maydonda shug‘ullanamiz. 10 mayda Tojikistonga borib, u erda ham ko‘proq sun’iy maydonlarda mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Shu bois, “Mash’al” bilan o‘yin qoldirildi.

- O‘yin uchun rahmat. Ammo birinchi tentak golni o‘tkazgandan keyin yigitlarda vajohat paydo bo‘lishi kerak edi. Lekin buni jamoada ko‘rmadim. Chempionatimizdagi eng yaxshi pressing “Nasaf”da. Futbolchilar atayin intizomni saqlab o‘ynashga harakat qilyaptimi? Faqatgina o‘yin tugashiga 20 daqiqada qolganida azart paydo bo‘lishi kerakmi?

- To‘g‘ri aytdingiz, buni o‘zlariga ham ko‘p ta’kidlayman. Sportchilarda xarakter, jahl bo‘lishi kerak. Ba’zi futbolchilarimizga shu narsa etishmaydi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/05/2021 13:13
Birinchi urunga uyinchila uzlarini jarohatdan saqlandi. keyingisi sudiya uyinni tempini tushurdi. oddiy misol. VAR murojat qilishdan oldin Nasaf qanday uynap yotuvdi. Nasaf endi shijoatni kuchaytersa sudiya uyinni sovutib quyapti. qisqasi. sudiyala. rasvo qildi. uyinni.
Akbarali Abdunazarov
05/05/2021 04:52
Иккинчи давради 2-3 та уйинчи олиб купайиб оладида 2 уринни олиб 1 даврада очко йукотишларимиз натижасида чемпион була олмадик деб узини узи алдам юради!
Akbarali Abdunazarov
05/05/2021 04:49
Эй журналистлао савол бермайсанлами нега буни майдонга туширдинг, 2 та каторасига уйинда шубха бор, балким Нефтегаз хомий булгани учун атайлаб килаяпсизми, уйламанг бошка камандаларда хам пул йук жаноб Бердиев деб айтмайсизларми! М.Абдуллаевга фарки йук ким ютиши ютказиши подход килманг, одамлар тушунмайди деб уйлайсизми деб айтинглар, М.Абдуллаев халол инсон, халолликни яхши куради у одам, санлани подходингни эмас! Р.БЕРДИЕВ юзингизни ерга каратиб сал уялинг!Агар зигирча таьсир этган булса!
Akbarali Abdunazarov
05/05/2021 04:39
Эй Бердиев! нима киласиз у деб бу деб, Судьяларга тармашиб, агар ман бугун ютказаман Нефтнгаз раиси М.Абдуллаев манга пул бермайди,подход (лаганбардорлик) учун, атайлаб ютказишим учун составни атайлаб кашка килиб куйдим денг дангалига! НЕГА Д.Саидовни бошидан майдонга тушираяпсиз, уйнашни узи хохламаяптику, бундан олдин 3 та уйинда майдонга захирадан тушмокда хохиши йукку, кеча жиянингиз Саьдуллаевни хам уйнатиш керак эди, Зойировни нима киласиз ютказиб турган уйинга киритиб бериб юборинг у пишмаган уйинчини пролигага узигаям айтинг шу гапларни, Шохмалик Комиловни уйнатсангиз буладику бошидан, шу хурмача киликларингиз жонга тегди, хар йили 2-3 та уйинларни атайлаб ютказиб келасиз, буни мухлислар билмайди, хис килмайди деб уйлайсизми, Тошкентга шунча мухлислар овора булиб, вактини кетказиб, пул сарфлаб Сизни оркангиздан борсаю сиз Сиз ААА килиб килсангиз, хамма жойни шоу килиб Эй Насаф бунедкорни камида 3 туп фарки билан ютадику, камандада таниш билишчиликни кони кариндошчиликни юкотинг, Зойиров билан Саьдуллаевни про лигага юкотинг улардан уйинчи чикмайди, таек еган куй улар, 500 та Тошкентга борган мухлисларни харажатини туланг, канча канча рузадор одамларни огзидан нима гаплар чикиб кетганини хис ишлаяпсизми, руза пайти уят эй Сизга! 1-2 та уйинларни ютсам ювилиб кетади, мухлислпрни эсидан чикиб кетади деб уйлайсизда, тепада худо бор согликни хам уйланг, одамларни каргиши урмасин яна! Товба килдим, адашган булсам узр!
&
нодирбек.фк насаф
05/05/2021 03:58
Унасини ешшак сексин узбекистон судяларини хаммасини худога солдим рузаи рамазон ойида нохакликлари учун оллох хаммангга оллох жазоингни берсин
05/05/2021 19:27
Hakamlarni ustidan hadeb sukinib ularni haqorat qilavermang taginam ular insofili bulmasa ularni olgan puliga markazdan Nasaf tomonga utgan harbir tup gol hisoblanishi kerak yanayam hakamlarimizda insof bor