
"Rostov" Rossiya chempionatining yangi mavsumini g‘alaba bilan boshladi. Eldor Shomurodov esa...
Bugun Rossiya premer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Tambov" - "Rostov" uchrashuvi o‘tkazildi.
Bellashuv taqdirini birgina gol hal qildi. 21-daqiqada Pavel Mamaev darvozaga to‘p kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 83-daqiqada almashtirildi. Terma jamoamiz hujumchisi startni golsiz boshladi.
Fikrlar