
Rossiyalik futbolchi Shomurodov bilan jamoadosh bo‘lishi mumkin
"Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk faoliyatini A seriyaning boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, rossiyalik futbolchiga "Roma" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yaqin orada har ikki klub vakillari yig‘ilish o‘tkazib, unda 26 yoshli xavbekning transferini muhokama qilishadi.
Shuningdek, “Roma” va “Atalanta” rimliklar hujumchisi Karles Peres va bergamoliklar yarim himoyachisi Mario Pashalich borasida ham suhbat o‘tkazishi rejalashtirmoqda.
Aleksey Miranchuk 2020 yilning sentyabr oyida Moskvaning “Lokomotiv” klubidan “Atalanta”ga ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan mavsum futbolchi Italiya jamoasi safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
“Transfermarkt” portali yarim himoyachining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar