Ronalduning transferi eng zo‘ri bo‘lgan ekan

  • 26 dekabr, 2020, 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports News teledasturi tahririyati eng nufuzli chempionat tarixidagi 20 ta muvaffaqiyatli xaridni aniqladi.

Tecno

Unga ko‘ra, Krishtianu Ronalduning 2003 yilda “Sporting”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tgani Angliya premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi transfer, deb topildi. Shuningdek, “Manchester Yunayted”ning Erik Kantona, Roy Kin va Ueyn Runini olgani ham eng omadli transferlar qatoriga kiritildi.    

Mazkur reytingda, frantsiyalik hujumchi Terri Anrining “Arsenal”ga transferi ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Uchinchi o‘rin “Lids”dan MYuga o‘tgan  Erik Kantonaga nasib qildi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya premer-ligasidagi eng zo‘r transfer manchesterliklarga 19 million evroga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!