Ronalduning ko‘zini yog‘ bosgan!

  • 17 noyabr, 2022, 19:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Antonio Kassano “Manchester Yunayted” haqida shov-shuvli intervyu bergan Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.

Tecno

- Ronalduga oxirgi uch yilda o‘ziga o‘xshamay qolganini tan olish uchun mardlik etishmayapti. U murabbiylarga va jamoadoshlariga muammo tug‘diryapti. U hatto Karim Benzemani  “Oltin to‘p” bilan tabriklagani ham yo‘q.

Ronalduning ko‘zini yog‘ bosgan. 50 yoshgacha o‘ynay olaman, deb o‘ylayapti.

Qadrdonim Ronaldu, senga bir gap aytaman: Jahon chempionatida hammasiga chiroyli nuqta qo‘y. O‘zingni hali ham yuqori saviyada o‘ynay olaman, deb janjal chiqarma!

Krishtianuning xudbinligiga chegara yo‘q, lekin jismoniy holati endi talabga javob bera olmayapti. Ronaldu har bir harakati bilan xudbinligini ko‘rsatib qo‘ymoqda, - dedi Antoni Kassano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/11/2022 21:36
Ahmoq. Krish 50 yoshiga ham sandan zur uynap beradi. shunchaki bola urgangan galabalarga kunikib olmayapti oddiy maydonga shunchaki uynashka kurasan. Jahon chempionatiga nimalar qilib tashlashini.