Ronalduga Evropadan qo‘ng‘iroq bo‘ldi

  • 19 yanvar, 2023, 07:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ darvozaboni Keylor Navas “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronalduga qo‘ng‘iroq qilib, Saudiya Arabistoni jamoasi haqida ma’lumot so‘ragan.  

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “An-Nasr” 36 yoshli darvozabonga og‘iz solmoqda. Navas PSJda birinchi raqamli italiyalik Janluiji Donnarummaga boy berganidan keyin o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi.  

Kosta-rikalik golgiper o‘z davrida “Real”da Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan va hamon do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, saudiyaliklar tajribali golkiperga uch yillik shartnoma va mo‘may maosh taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!