Ronaldu «Yuventus»dan ketishi kerak(mi)?!

  • 27 fevral, 2021, 21:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning Turindagi faoliyati so‘roq ostida qolmoqda. Ayniqsa, «Portu»ga boy berilgan o‘yindan so‘ng, uning ketishi haqida mish-mishlar urchib ketdi. Xo‘sh, hozir Ronalduning ketishi kim uchun ko‘proq naf beradi? Bugun shu mavzu haqida batafsil.

Tecno

EChLdagi bo‘sh o‘yinlar

Hozirda «Yuve»ning «shalpangquloq»ni qo‘lga kiritishini Roberto Di Matteo singari afsungargina ta’minlay oladi. «Chelsi» bilan imkonsiz ishlarni amalga oshirgan mutaxassisgina hozirgi «Yuve»ni chempionlik sari etaklashi mumkin. 5 yildan beri ishsiz qolib ketgan murabbiyni bejiz eslaganimiz yo‘q.

Tan olish lozim, «Yuve» «Portu»ga qarshi juda bo‘sh o‘ynadi. Pirlo boshchiligidagi klub bo‘lajak chempionlar singari o‘rtamiyona raqibdan bir bosh baland bo‘lishni uddalay olmaganini hammamiz ko‘rdik. Ronaldu 90 daqiqa ichida atigi bir bor zarba yo‘lladi, xolos. Uchrashuvdan so‘ng, Antonio Kassano Pirloning o‘yin uslubi, Sarrinikidan ham Krish uchun noqulayroq ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Tan olish lozim, EChL fonida Pirlo hali tajribasiz murabbiy ekanligini ko‘rinib qoldi.

hokrtohkrokhrt

Ronaldu italiyaliklarga qimmatlik qiladi?!

Bir qarashda Ronalduning Turinda ekanligidan hamma xursand, ammo klub buxgalterlari bunday fikrda emas. “Krish”ning shartnomasi jamoa bo‘yniga osilgan toshdek pastga tortmoqda. To‘g‘ri, u Leo Messi singari ulkan maosh olmaydi, ammo «Yuve»ning daromadi ham «Barselona»nikidan ancha kam.

So‘nggi hisob-kitoblarga qaraganda, «zebralar»ning yillik daromadi «Borussiya D» klubinikidan ozgina ko‘proq, xolos. Pandemiya chog‘ida vaziyat yanada murakkablashib ketdi. Endilikda, klub rahbarlari Ronalduga yangi shartnoma taklif qilish orqali, bir nechta yosh va iqtidorli yigitlarning xizmatidan voz kechishi kerak.

Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2022 yilda o‘z yakuniga etadi. Bu vaziyatda uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborish g‘alati. Agar jamoa Krishni transferga qo‘ysa, hech bo‘lmaganda 60-80 million evro atrofida ishlab olishi mumkin.

egrkgoerojh

Yangi qon quyish kerak

Bugun yoki ertaga baribir Ronaldu klubni tark etadi. Katta ehtimol bilan bu voqea Evropa chempionatidan so‘ng sodir bo‘ladi. Krish faoliyatidagi so‘nggi katta turnirdan so‘ng, yangi klub izlashga tushib ketishi aniq. «Yuve»ga esa, bu vaqt oralig‘ida tablodagi hisobga ta’sir ko‘rsatishga qodir futbolchi darkor.

63 million evroga baholanayotgan Morata «Portu»ga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga zarba ham yo‘llay olmadi. Dibala katta o‘yinlarda yo‘qolib qoladi. Shunday ekan, hujumda yangi etakchini izlash lozim.

Bu Saloh yoki Xoland bo‘lishi mumkin. Mbappega klubda pul yo‘q. Xoland ham o‘z o‘yin falsafasiga ega bo‘lmagan «Yuventus»ni tanlamasa kerak. Saloh esa, bugungi avlod vakillari ichida eng ideal variant. U Krishdan 7 yosh kichik. Maoshi ham yiliga 10 million evro atrofida. 36 yoshni urib qo‘ygan qariya Ronaldu uchun 31 million evro to‘lagandan ko‘ra, Salahni Turinga olib kelish ancha arzonroqqa tushmoqda.

Tan olish lozim, Ronalduning jamoadoshlari ham super ijrochilar emas. «Real»da uni Luka Modrich, Garet Beyl, Toni Kroos, Karim Benzema, Serxio Ramos, Marselo singari superyulduzlar qo‘llab turar, butun o‘yin davomida Ronaldu ularga suyanar edi. Hozirgi «Yuve»ning tarkibiga razm soling! Jamoa, asosan, davri o‘tgan yulduz va hali o‘z o‘rnini topmagan yoshlardan iborat. Bosh murabbiy rolida tajribasiz Pirlo. Bunday atmosferada Ronaldudan «mo‘’jiza» kutish biroz g‘alati.

kgeowkgowkgowe

Ronaldu qolishi mumkin, faqat...

Krishning agentiga oson bo‘lmasligi aniq. 36 yoshli futbolchi uchun hech kim shohona kontrakt taklif etmaydi.

Agar klubning natijalari keskin pasayib ketsa, Ronaldu kuchliroq jamoa bilan shartnoma imzolash uchun «katta» shartnomadan voz kechishi hech gap emas. Hozirgi «Yuventus»ni A Seriya g‘olibligi uchun da’vogar, deb bo‘lmaydi. 21 tur davomida klub 9 bor ochko yo‘qotdi. Bu o‘rtacha har ikki o‘yinning biroda 3 ochkoni qo‘ldan chiqarish degani.

Krish futbol olamidagi «qariya» maqomini qabul qilishga majbur. U avvalgidek bir o‘zi EChLda g‘alabani ta’minlay olmaydi. Unga ayyor murabbiy va kuchli jamoadoshlar kerak. Bugungi «Yuve» «Bavariya», PSJ, «Manchester Siti»dan har jabhada ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!