
Ronaldu “Real”ga qaytishini inkor qilmadi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu qadrdon klubi “Real”ga qaytishi haqida xabarlar tarqatildi. Portugaliyalik yulduz bu ma’lumotlarni inkor qilmadi.
- “Real”ga qaytishim mumkin. Lekin bu faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ro‘y beradi. Futbol nuqtai nazaridan “Real”da o‘ynagan yillarim men uchun eng baxtiyor davrim hisoblanadi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Portugaliyalik yulduz “Qirollik klubi”da 2009-2018 yillar davomida to‘p tepgan. Madridliklar safida Ronaldu jami 438 ta uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga 450 ta gol va 131 ta assist rasmiylashtirgan.
Ronaldu faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Yuventus” va “An-Nasr” safida o‘ynagan. Krishtianu Ronaldu jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. 39 yoshli hujumchining gollari soni bugungi kunda 921 tani tashkil qilmoqda.
Fikrlar