
Ronaldu penaltidan foydalana olmagan o‘yinda "Yuventus" finalga chiqdi
Hozirgina Italiya kubogi, yarim final javob uchrashuvi doirasidagi "Yuventus" - "Milan" bahsi o‘z yakuniga etdi. Ushbu bahsda ikkala jamoa ham darvozalarga yo‘l topa bilishmadi. Natijada, turinliklar safardagi gol faktori bilan finalga yo‘l oldi.
Ta’kidlash joizki, uchrashuvning katta qismini milanliklar bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi. Ante Rebich o‘ta qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi. Avvalroq, Ronaldu "Milan" darvozasi tomon belgilangan penaltidan foydalana olmagandi.
Finalning ikkinchi ishtirokchisi ertaga (bugun) tunda, "Napoli" - "Inter" bahsida aniqlanadi.
Fikrlar