
Ronaldu o‘g‘li futbol o‘ynolmasa nima qilishini aytdi
40 yoshini qarshi olgan Krishtianu Ronaldu o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyati va agar u futbolchi bo‘lmasa, nima qilishi haqidagi savolga javob qaytardi.
- O‘g‘lim bilan birga o‘ynash istagim bor, albatta. Lekin bu meni kechalari bezovta qiladigan masala emas. Nima bo‘lishini kelajak ko‘rsatadi.
Bu ko‘proq menga emas, o‘g‘limga bog‘liq. Yillar o‘tyapti. Men faoliyatimni cho‘zishim mumkin, biroq baribir futboldan ketadigan kunim keladi.
Shu bois, o‘g‘lim bilan o‘ynash masalasiga u qadar e’tibor qaratmayman.
O‘g‘lim o‘z yo‘lidan ketadi va qanday kasbni tanlashidan qat’i nazar men undan faxrlanaman. Agar fubol o‘ynasa, zo‘r bo‘ladi, o‘ynamasa, har holda mun uning futbolchi bo‘lishi uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilgan bo‘laman. Bu muammo emas, - dedi Krishtianu Ronaldu.
“An-Nasr”da o‘ynayotgan portugaliyalik hujumchi futbol tarixida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Hozir Ronalduning hisobida 921 ta gol bor.
Fikrlar