
Ronaldu MYu futbolchilariga murojaat qildi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Uotford"ga qarshi 12-tur uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Eng shimarib, o‘z ishimizni bajarish vaqti keldi! Keling, ushbu mavsumda o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishaylik", - deb yozdi portugaliyalik futbolchi tvitter sahifasida.
Bu mavsum 36 yoshli goleador APL doirasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Qayd etish joiz, "Uotford" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.
Fikrlar