
Ronaldu Mbappening eng katta kamchiligini ochib tashladi
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real” yulduzi Kilin Mbappe haqida fikr bildirib, 25 yoshli futbolchi markaziy forvard sifatida o‘ynay olmayotganini aytdi.
- Agar men “Real”da bo‘lganimda Mbappeni bu jamoada qanday o‘ynash kerakligiga o‘rgatib qo‘ygan bo‘lardim. U mendek o‘ynashi kerak.
O‘zim markaziy hujumchi bo‘lmaganman, lekin xuddi shu vazifani bajara olganman. Odamlar men qanot hujumchisi bo‘lganimni unutib yuborgan.
Hujum markazida o‘ynay Mbappega og‘irlik qilyapti. Fikrimcha, Kilian bu pozitsiyada qanday o‘ynash va nima qilishni bilmayapti. Bu uning pozitsiyasi emasligi yaqqol sezilib qolmoqda, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Kilian Mbappe Ispaniya chempionatidagi debyut mavsumida hozircha 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar