Ronaldu: Mavsum biz kutganimizdan avvalroq yakunlandi

  • 8 avgust, 2020, 23:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"2019/2020 yilgi mavsum avvalgilaridan kech, ammo biz uchun erta yakunlandi. Endi yutuq va kamchiliklarimizni o‘ylab olishimiz kerak. Tanqidiy fikrlash rivojlanishning birdan-bir yo‘lidir. 

Tecno

"Yuventus" kabi katta jamoalar dunyodagi eng zo‘r klubdek fikrlashi va shunga yarasha harakat qilishi lozim. A Seriyani g‘oyat og‘ir mavsumdan so‘ng yana bir bor qo‘lga kiritish juda ajoyib bo‘ldi. Klub bilan 37 ta va terma jamoada 11 ta gol kiritishga erishdim. Bu menga kelgusi mavsumlar uchun yuqori ambitsiyalarni taqdim etadi. Muxlilar bizdan ko‘prog‘ini kutishgandi va ularni to‘g‘ri tushunaman. 

Balki, ayni mana shu kichik tanaffus bizga ko‘p narsa bera olar. Yangi mavsumda ko‘rishguncha", - deb yozib qoldirgan 35 yoshli hujumchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!