"Ronaldu gol urishdan to‘xtamaydi"

  • 15 noyabr, 2020, 00:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu hamyurti Krishtianu Ronalduning 35 yoshidagi sport formasi haqida gapirdi:

Tecno

"Uning sport formasi meni ajablantirmaydi, chunki Ronaldu bu borada o‘z ishining ustasi. Agar jarohatlar qiynamasa, u gol urishdan to‘xtamaydi. U yoshi o‘tishining tezligiga salbiy ta’sirini kamaytira olsa, yana ko‘plab gollar ura oladi.

Nazarimda, Italiyada futbolchilarning yoshiga Ispaniyaga qaraganda boshqacha munosabatda bo‘lishadi. Men buni o‘z tajribamdan bilaman. Ispaniyada siz 30-31 yoshda bo‘lsangiz, bitta yomon o‘yindan keyin hamma sizning ishdan ketish vaqtingiz kelganligini ta’kidlaydi. Italiyada esa, sizning sport formangiz birinchi o‘rinda turadi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!