
Ronaldu Evropaga qaytadi, chunki faoliyatini yakunlash uchun jamoa tanladi
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi safiga qo‘shilganidan beri jami 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 50 marotaba ishg‘ol qilgan Krishtianu Ronaldu baribir Evropaga qaytadigan bo‘ldi.
39 yoshli futbolchi butsalarini mixga ilishdan avval o‘z yurtida to‘p tepish maqsadi borligini oshkor qildi.
- Men faoliyatimni “Sporting”dan yakunlayman. Bu klubda bir mavsum bo‘lsa ham o‘ynab, minnatdorligimni bildirmoqchiman. “Sporting” meni topib, tarbiyaladi. Bu jamoasiz men “Makdonalds”da ishlab yurgan bo‘lardim, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Ronaldu “Sporting” tizimida 1997-2003 yillar davomida tarbiyalangan. Keyin “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tib, Evropani zabt etgan edi. Ronaldu faoliyati davomida “Real” va “Yuventus” kabi grand klublar sharafini ham himoya qilgan.
Fikrlar