
Ronaldu “Atletiko”ga o‘tmaganidek, men ham “Real”ga bormayman!
“Atletiko”ni bir necha yillardan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan argentinalik mutaxassis Diego Simeoni “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘z jamoasiga taklif qilmaganini ta’kidladi.
Tajribali mutaxassis bu vaziyatni ajoyib o‘xshatish bilan izohladi.
- Men hech qachon Krishtianu Ronaldu “Atletiko”ga kelsin, demaganman. Hech qachon! Xuddi men o‘zimni “Real” mashg‘ulotlarida tasavvur qila olmaganimdek, Ronalduni ham “Atletiko”da ko‘rolmayman, - dedi Diego Simeone.
52 yoshli Simeone 2011 yilning 23 dekabridan biri Madrid jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “matraschilar” jami 592 ta uchrashuv o‘tkazdi.
Fikrlar