“Roma”ga yanvarda "Barsa" va MYudan katta o‘yinchilarni kutyapti

  • 13 noyabr, 2022, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” qishki transferlar vaqtida himoyaning o‘ng qanotini jiddik tarzda kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

Calciomercato nashri jurnalistlarining aniqlashicha, rimliklar yanvarda o‘z safiga “Barselona” himoyachisi Ektor Belerinni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ispaniyalik himoyachi yozda Kataloniyaga erkin agent sifatida kelgan edi. Biroq uning harakatilari bosh murabbi Xavi Ernandesni qoniqtirayotgani yo‘q.

Joze Mourino o‘z jamoasiga sobiq shogirdi Diogu Dalotni olib kelish fikridan qaytgani yo‘q. Portugaliyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”da ishlagan davrda Dalot bu jamoada asosiy tarkibda o‘ynay boshlagan.

Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Shu bois “barselona” ham, “Manchester Yunayted” ham himoyachilarini yanvarda sotib yuborishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!