"Roma" Smollingning transferini to‘liq sotib olmoqchi

  • 25 oktabr, 2019, 23:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi rahbariyati "Manchester Yunayted"dan himoyachi Kris Smollingning transferini to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda Il Tempo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Rimliklar sport direktori Janluka Petrachining so‘zlariga ko‘ra “bo‘rilar” tez orada 29 yoshli angliyalik futbolchining transferi masalasida “qizil iblislar” bilan muzokaralarni boshlashadi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” Smollingni joriy yozgi transferlar davrida 3 mln evro evaziga bir yilga ijaraga olgan edi. U joriy mavsum A Seriyada 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!