“Roma” rahbariyati Mourinoning jahlini chiqardi

  • 7 iyul, 2022, 17:32
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino klubning yozgi transfer oynasi paytidagi harakatlaridan norozi.

Tecno

Rimliklar hozircha yarim himoyachi Nemanya Matich, darvozabon Mile Svilar, shuningdek, “Lill” himoyachisi Zeki Chelik bilan shartnoma imzoladi.

Ayni paytda “bo‘rilar” yarim himoyachi Nikolo Zanolodan ayrilib qolish arafasida turibdi. Italiyalik futbolchi "Yuventus" bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Bularning barchasi Rim klubi ustozi Mourinoning noroziligiga sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi “Il Corriere dello Sport” nashri. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, “Roma” sovrinlarga kurashishi uchun bu xaridlar etarli emas.

Italiya matbuoti Mourinoning yozgi birinchi yirik transferi Paulo Dibala bo‘lishini taxmin qilmoqda.

"Roma" o‘tgan mavsum A seriyada oltinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, ular Evropa Konferentsiyalar ligasida oltin medalga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!