“Roma” futbolchisiga ikki xaridor chiqdi

  • 6 yanvar, 2022, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Roma” asosiy tarkibiga kiritmayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Gonsalo Vilyar tez torada Rimni tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Aslida Gonsalo avvalgi murabbiy Paulu Fonseka davrida muhim o‘yinchilardan hisoblanardi. O‘tgan mavsumda ispan yarim himoyachisi 47 ta uchrashuvda ishtirok etgandi. Mourino uni Konferentsiyalar ligasida olti marta jami 204 daqiqa o‘ynatdi xolos. Portugaliyalik mutaxassis tayanch zonada 23 yoshli Vilyardan ko‘ra, Brayan Kristante va Jordan Veretuga ko‘proq ishonch bildiryapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Gonsalo Vilyarni La Liga vakillari – “Valensiya” va “Selta” o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor. Ular yanvarda o‘yinchini ijaraga olib, keyinchalik to‘liq transfer qilishni taklif qilmoqchi.

Gonsaloga A Seriya chempioni “Inter”dan ham qiziqish bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!