"Roma" - "Yuventus": Taxminiy tarkiblar ma’lum. Shomurodov ...
Bugun Italiya A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan bahsda "Roma" o‘z uyida Turinnning "Yuventus" klubini qabul qiladi.
Mazkur bellashuv uchun ko‘plab mashhur saytlar o‘zlarini taxminiy tarkib versiyalarini taqdim etishdi.
Sports.uz sayti esa sizga bir necha nashrlarning taxminiy tarkiblarini taqdim etadi.
Sports Mole nashriga ko‘ra:
"Roma": Svilar, Chelik, Manchini, Ndiska, El-Shaaravi, Kone, Kristante, Paredes, Anxelino, Sole, Dovbik.
"Yuventus": Di Gregorio, Kalulu, Veiga, Kelli, Vah, Lokatelli, Tyuram, Makkenni, Gonzales, Yildiz, Vlaxovic.
Shu bilan birga, "Yahoo Sports", "Sportsgambier", "Fotmob" hamda, "Onefootball" nashrlari ham ushbu uchrashuvga o‘z taxminiy versiyalarini taqdim etishdi. Eng yomon tomoni shuki, hech bir sayt Eldor Shomurodovning asosiy tarkibda maydonga tushishini taxmin qilmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur markaziy o‘yin soat 23:45 da start olishi rejalashtirilgan.



Fikrlar