Rodri "Real" futbolchisi haqida: "Unga qattiq achindim"

  • 12 noyabr, 2024, 13:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Real" himoyachisi Eder Militao olgan jarohatga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

"Men uchrashuvni tomosha qildim, Eder uchun qattiq achindim. U eski jarohatdan uzoq vaqt tiklangan edi. Afsuski yana o‘sha jarohat yangilandi. Unga tezroq tuzalishni tilayman. Militao- ajoyib futbolchi",-dedi amalgadi Oltin to‘p sohibi.

Militao jiddiy jarohatini "Osasuna"ga kechgan bahsda olgan edi. Xochsimon paylar uzilishi oqibatida, 26 yoshli himoyachi bu mavsum maydonga tusha olmaydi.

Joriy mavsum La Ligada braziliyalik himoyachi 12 ta uchrashuvda maydonga tushib bitta gol va assist qayt etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!