
Rodri: "Men Messi emasman, g‘alabalar uchun jamoaga tayanishim kerak"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri o‘z o‘yini va jamoa natijalari haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi jarohati tufayli o‘tgan mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan, bu yil esa APLning ikki uchrashuvida, jumladan "Brayton"ga qarshi (1:2) maydonga tushdi.
"Men Messi emasman. Birdan maydonga qaytib, jamoaga g‘alabalar olib kelishim mumkin emas. Bu – jamoaviy ish. Ilgarigi muvaffaqiyatlarda men ham jamoadoshlarim yordamiga muhtoj edim.
Albatta, hali eng yaxshi formaga qaytish uchun vaqt kerak. Har birimiz o‘zimizga qarab, yanada yaxshiroq o‘ynashga intilishimiz zarur. Umid qilamanki, terma jamoalar o‘yinlaridan keyin "Siti" yana kuchliroq bo‘lib qaytib keladi", – dedi Rodri "Sky Sports" bilan suhbatda.
Fikrlar