Roberto Manchini: "Zidanning iste’dodini avval men bilganman"

  • 11 oktabr, 23:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini o‘zining yosh iqtidorlarni erta tanish qobiliyati haqida gapirdi.

Tecno

"Men boshqalardan avval futbolchilarni payqashni hali o‘yinchi bo‘lgan paytimdayoq boshlaganman. Masalan, birinchi bo‘lib Zidanni ko‘rganman va uni "Sampdoriya"ga chaqirmoqchi bo‘lganman. Shuningdek, Krishtianu Ronalduni ham kuzatganman. Men juda ko‘p o‘yinlarni tomosha qilganman — ko‘zim o‘rgangan edi.

Pafundi haqida gapiradigan bo‘lsak (u 2022 yili 16 yoshida Italiya terma jamoasi safida debyut qilgan), bu bir turdagi tajriba edi. Lekin nega shunday iste’dodli 18 yoshli o‘yinchi hali ham A Seriyada o‘ynamaydi?" — dedi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, Roberto Manchini 1982 yildan 1997 yilgacha "Sampdoriya" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!