
Robben qaytdi. Arshavin ham futbolga qaytadimi?
"Zenit" klubi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin katta futbolga qaytmoqchi emasligini aytib o‘tdi.
“Agar Robben shunday qarorga kelgan bo‘lsa, demak u bunga tayyor va o‘zini yaxshi his qilyapti. Men ham qaytishim mumkinmi? Futbolni sog‘inaman, lekin mening qaytishimga endi kech”, - deydi rossiyalik futbolchi.
36 yoshli Robben 2019 yilda faoliyatini yakunlagan edi. Ammo, kecha "Groningen" klubi bilan shartnoma imzoladi.
39 yoshli Arshavin esa 2018 yilning dekabrida butsalarini mixga ilgan.
Fikrlar