Reshfordning transferi barbod bo‘ldi

  • 27 yanvar, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoadan ketishi kutilayotgan Markus Reshford bo‘yicha Dortmundning “Borussiya” klubi bilan muzokara olib borayotgan edi.

Tecno

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, 27 yoshli angliyalik futbolchining Bundesliga klubiga transferi barbod bo‘lgan.

Bunga sabab sifatida Reshfordning maoshi yuqoriligi ko‘rsatilyapti. Markus manchesterliklardan haftasiga 300 ming funt olyapti. Dortmundliklar bu summani ko‘tara olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda tajribali forvardga “Barselona”, “Milan” va “Napoli” qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, bu klublar ham Reshfordning maoshini to‘lashga qiynaladi.

Agar Markus o‘ziga yangi jamoa topa olmasa, “Manchester Yunayted”da qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!