Reshfordga beshta badavlat klubdan taklif bor, lekin...

  • 20 dekabr, 2024, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordni transferga qo‘yishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqatildi.

Bosh murabbiy Ruben Amorim ketma-ket ikkita uchrashuvda 27 yoshli hujumchini qaydnomaga kiritmagani Reshfordning klubda kelajagi yo‘qligidan dalolat beradi.

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, Markus Reshfordga Saudiya Arabistonining beshta bavadlat klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, “Al-Ittihod”, “Al-Hilol”, “An-Nasr”, “Al-Ahli” va “Al-Qodisiya” tajribali to‘purarni yozda transfer qilishni mo‘ljallayapti.

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari esa, haftasiga 265 ming funt maosh olayotgan o‘yinchidan qishki  transferlar vaqtida qutilmoqchi.

Reshfordning o‘zi Manchesterdan ketishga qarshi emas. U Saudiya Arabistoni variantiga qiziqish bildirgani yo‘q. Markus imkon qadar Evropaning grand klublaridan ish topmoqchi. Biroq ayni paytda Reshfordni olishni mo‘ljallagan birorta Evropa klubi chiqqani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!