Reshford yozda APLning boshqa bir top klubiga o‘tishi mumkin

  • 23 aprel, 19:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

27 yoshli Markus Reshford yanvarda "Aston Villa"ga ijaraga o‘tganidan beri juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Unai Emeri jamoasi yozda uni 46,6 million evro (40 million funt) evaziga to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega.

Tecno

Shu bilan birga, "FootballTransfers" manbasining ma’lum qilishicha, "Tottenxem" ham Reshfordning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Qishda ular futbolchini sotib olishdan voz kechgandi.

Manbaga ko‘ra, yanvar oyida "shporlar" "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisini olishga qiziqish bildirgan, biroq bosh murabbiy Enje Postekoglu o‘sha paytda "Bavariya"ning yosh iste’dodi Matis Telni qisqa muddatli ijara asosida olishni ma’qul ko‘rgan.

Shunga qaramay, agar "Aston Villa" yozda Reshfordni doimiy ravishda sotib olishdan bosh tortsa, "Tottenxem" futbolchiga qiziqishni qayta tiklashi mumkin.

Shuningdek, "Manchester Siti"da kelajagi noaniq bo‘lgan Jek Grilish ham "Tottenxem" rahbariyati diqqat markazida. Shu bilan birga, "Sautgempton"ning yosh iste’dodi Tayler Dibling ham jamoa tomonidan o‘ng qanot uchun nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!