Reshford Ronaldudan o‘zib ketdi

  • 27 avgust, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Premer-liganing uchinchi turida “Nottingem Forest”ga qarshi uchrashuvda o‘z hisobiga bitta golli pas rasmiylashtirdi.

Tecno

O‘yinning ilk to‘rt daqiqasida ikkita to‘p o‘tkazib yuborgan Erik ten Xag shogirdlari kambekni amalgat oshirib, bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi – 3:1.

Reshford Angliya Premer-ligasidagi assistlari sonini 38 taga etkazib oldi. 25 yoshli forvard bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Yunayted”da yulduz darajasiga ko‘tarilgan Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.

Portugaliyalik futbolchi Manchester klubida ikki marta o‘ynab, bu davrda jamoadoshlariga 37 ta golli pas uzatgan edi.

Reshford “Manchester Yunayted”da 2016 yildan beri o‘ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha uzaytirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!