Reshford qotil bilan tushgan suratini tarqatmaslikni so‘radi

  • 17 yanvar, 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yulduzi Markus Reshford ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 2008 yilda qotillik qilgan Jeyk Farxi ismli reper bilan suratini tarqatishmoqchi bo‘lganiga munosabat bildirdi.

Tecno

Ma’lumki, taniqli repchi Jeyk Farxi 2008 yili o‘zidan uch yosh kichik – 16 yoshli Jimmi Mizenni o‘ldirgani uchun 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 2023 yili qamoqdan ozod etilgan edi.

- Menga tabloidlardan biri aloqaga chiqib, reper bilan chamasi bir yil oldin olingan suratimni chop etmoqchi ekani haqida ma’lum qildi. Aqniqlik kiritmoqchimanki, o‘zim o‘sha suratni umuman ko‘rmaganman, u odmni tanimayman, biz do‘st emasmiz.

Ko‘pchilik futbolchilar kabi men ham suratga tushmoqchi bo‘lganlarga bu iltimosini rad etmayman. Afsuski, men suratga tushmoqchi bo‘lgan har bir odamning biografiyasini tekshirib chiqa olmayman.

Men tabloidlarni jamoatchilik e’tiborini menga jalb qilmasdan, asosiy e’tiborlarini o‘z platformalari orqali har kuni sovuq qurol qo‘llanilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashayotgan odamlar mehnati haqidama’lumotlar berib borishga chaqirgan bo‘lardim.

O‘zim esa, Jeykning qurboni bo‘lgan Jimmi Mixen oilasiga chuqur hamdardligimni bildiraman, - dedi Markus Reshford.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!