
Reshford o‘rnini superfutbolchi egallaydi
“Manchester Yunayted” klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordni transferga qo‘ygan edi. Yangi bosh murabbiy Ruben Amorim 27 yoshli hujumchini kelajak rejalariga kiritmadi va klub xo‘jayinlari katta maosh olib, kam samara berayotgan o‘yinchidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi.
O‘z navbatida, manchesterliklar Reshford o‘rnini to‘ldiradigan futbolchi ham tanlab qo‘ydi. TEAMtalk va El Nacional kabi manbalarning yozishicha, klub mutasaddilari “Atletik Bilbao”dan Niko Uilyamsni olib kelmoqchi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” murabbiylari 22 yoshli qanot hujumchisi transferi bo‘yicha ispan klubi bilan muloqotga kirishgan. Ular bu transferni 2025 yilning yozida amalga oshirish masalasida ma’lumot so‘ragani aytilmoqda.
Ispaniya terma jamoasi safida o‘tgan yoz Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan Niko Uilyamsni olish oson bo‘lmaydi. Mahoratli futbolchiga Evropaning boshqa grandlari ham da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar