
Reshford “dahshatli” summani rad etdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Bosh murabbiy Ruben Amorim kelganidan keyin 27 yoshli forvardga klubni tark etishi kerakligi oydinlashib qoldi.
Reshford darajasidagi futbolchiga Evropaning top-klublaridan bir necha da’vogarlar bor.
Vaziyatdan Saudiya Arabistoni klublari ham foydalanib qolmoqchi.
Caught Offside nashrining ma’lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistonining nomi sir tutilayotgan klubi Markusga bir mavsum uchun 35 million funt maosh ko‘rsatilgan taklif bergan. Bu summa hujumchining Manchesterdagi maoshidan ikki baravar ko‘p.
Shunga qaramay, Reshford bu chorlovni qabul qilmadi. Tajribali hujumchi faoliyatini Evropada davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.
Fikrlar