Remzi yana APLga qaytishi mumkin

  • 20 fevral, 2020, 18:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi “Manchester Yunayted” xavbeki Pol Pogbani qo‘lga kiritish bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Nikolo Skiraning xabar berishicha “keksa sinora” 26 yoshli frantsuz uchun MYuga 50-60 mln evro va uelslik yarim himoyachi Aaron Remzini taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qizil iblislar” Pogbani 150 mln funtga baholashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘z navbatida “Yuve” ham Pogbani sotib ololmagan taqdirda bor e’tiborini “Bavariya” xavbeki Tyago Alkantaraga qaratmoqchi.

Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsumning asosiy qismini jarohatidan davolanishga sarfladi va shu bois bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!