
Regilon Madridga qaytishga yaqin turibdi
"Atletiko" "Real" sobiq himoyachisi Serxio Regilonni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabrtsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, agar "matraschilar" fullbeki Renan Lodi "Nottingem Forest"ga ko‘chib o‘tsa, uning o‘rnini aynan Serxio egallaydi.
Regilon Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2020 yil "Tottenxem" safiga ko‘chib o‘tgandi. London klubiga Antonio Konte kelgach, himoyachi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. O‘tgan mavsum ispan 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar