
"Real"ning yangi murabbiyi kim bo‘lishi aniq
Hozirda "Bayer"ni boshqarib kelayotgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso 2025 yilning yozida "Real Madrid"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Avvalroq, Plettenberg "Manchester Siti" ham Alonsoga qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgandi. Biroq "Bayer" ispaniyalik mutaxassis aynan "Qirollik klubi"ni boshqarishiga ishonmoqda.
Shuningdek, Alonsoning "Real"ga kelishi jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtsning Ispaniya grandiga o‘tish imkoniyatlarini oshiradi.
Ma’lumot uchun, "Los-Blankos"ning amaldagi murabbiyi Karlo Anchelottining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar