
“Real”ning transferi yolg‘on bo‘lib chiqdi
Ommaviy axborot vositalarida David Alabaning “Real” bilan shartnoma imzolagani va bu transfer yozda amalga oshishi haqida tarqatilgan xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida hali bir qarorga kelmaganini bildirgan. U yakuniy qarorini may oyida qabul qilmoqchi.
Hozircha, Alabaning agenti Pini Zaxavi “Real”, “Barselona”, PSJ, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Fikrlar