“Real”dan dahshatli taklif. Zidan Pogba uchun 4 futbolchi jo‘natadi

  • 28 may, 2020, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” iqtisodiy qiyinchilik tufayli Pol Pogbani olish rejasidan voz kechganidan keyin “Real” qisqa muddat ichida “Manchester Yunayted”ga zo‘r taklif tayyorladi.

Tecno

Unga ko‘ra, manchesterliklar Pogbani Madridga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, Zidan jamoasi Angliyaga Xames Rodriges, Martin Edegor, Lukas Vaskes va Braxim Diasni jo‘natadi.

Mutaxassislar bu taklif “Manchester Yunayted”ni qiziqtirishini aytmoqda. Chunki Pogba manchesterliklarga deyarli foyda keltirmayapti. Madridliklar taklif qilayotgan futbolchilar garchi “Real” asosiy tarkibidan muqim joy ololmagan bo‘lsa-da, boshqa har qanday klubni kuchaytirishga qodir.

Ana xolos! “Yuventus” Pogbadan yuz o‘girdi

Transferga tayyorgarlik. MYu uch futbolchi uchun 140 mln funt kredit oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!