“Real” yulduzi kelsa, ular engilmas jamoaga aylanadi

  • 7 avgust, 2023, 09:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettiradigan bo‘lyapti.

Tecno

Bir necha transferlarni uddalagan manchesterliklar “Real” tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Frantsiyalik futbolchiga bir necha grand klublardan qiziqish bor. Manchesterliklardan tashqari, PSJ va “Bavariya” kabi qudratli klublar madridliklar o‘yinchisiga ko‘z tikmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag 23 yoshli o‘yinchiga shaxsan o‘zi qiziqmoqda va klub rahbariyatidan bu transferni amalga oshirishni so‘rayapti.

Manchesterliklar esa, kelasi mavsumda chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan. Ular “Qirollik klubi”ga madridliklar bu transfer uchun qancha to‘lagan bo‘lsa, shu summani bermoqchi. O‘tgan yili “Real” Tchuamenini olib kelish uchun 80 million evrodan voz kechgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!