"Real" yarim himoyachisi sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

  • 14 iyul, 20:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos o‘zining sobiq jamoasi - "Betis"ga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

- "Betis" - mening uyim. Doimo shunday bo‘lib qoladi. Umid qilamanki, ularning eshiklari men uchun ochiq turadi. Bu hafta kelajagimni muhokama qilishni rejalashtirganman. Hozircha hech qanday uchrashuvlar bo‘lgani yo‘q, - dedi xavbek.

Sebalos "Betis" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Dani 2014 yildan 2017 yilgacha Sevilya jamoasida to‘p tepgan. 28 yoshli yarim himoyachining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!