
"Real"ning "ishqi" 20 yoshli frantsuzga tushdi
“Monako” klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni yozgi transferlar davrida Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga “Real” Madriddan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Qirollik klubi” Tchuameniga uzoq yillik shartnoma taklif qilishga ham tayyor.
Orelen Tchuameni “Monako” safiga 2020 yilning yanvar oyida 18 mln evro evaziga “Bordo”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning monakoliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar