
"Real" Vinisiusni qo‘yib yuborishga rozi, faqat bir shart bilan...
"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior transfer yangiliklari markazida bo‘lishni davom ettirmoqda. Madrid klubi braziliyalik o‘yinchini sotish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
"Sport" nashrining xabar berishicha, "Real" Vinisiusni faqat bir shart bilan sotishga tayyor. Agar hujumchi o‘zining yuqori maosh talablarini pasaytirmasa klub uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Avvalroq, Vinisius va "Real" o‘rtasidagi muzokaralar futbolchining talablari tufayli qiyinchilik bilan kechayotgani ma’lum qilingan edi. 25 yoshli braziliyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar