“Real” Vinisiusdan voz kechmoqchi

  • 9 yanvar, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior yuqori saviyada o‘yin namoyish qilmoqda. Biroq 24 yoshli futbolchining maydondagi intizomi jamoani qiyin ahvolga solib qo‘yomoqda.

Vinisius turli provakatsiyalar va tortishuvlar tufayli ko‘p ogohlantirish oladi. Xususan, braziliyalik yulduz 2025 yilni ham qizil kartochka bilan boshladi.

“Valensiya” darvozabonining yuz qismiga qo‘lin qo‘yib, uni turtib yuborgan o‘yinchi maydondan haydaldi va ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Madrid superklubi mutasaddilari Vinisiusni ko‘p bora tartibga chaqirgan. Lekin o‘yinchi yurish-turishini o‘zgartirmoqchi emas. Shu bois, madridliklar yozda yaxshi taklif bo‘lsa, uni sotib yuborishga tayyorligi aytilmoqda.

Shuningdek, “Qirollik klubi” joriy mavsum yakunlanganidan keyin yana bir braziliyalik futbolchi Rodrigo bilan ham xayralashish bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!